Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Diqqat! Koreya Respublikasida ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantiriladi

Diqqat! Koreya Respublikasida ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantiriladi

Avgust oyining boshidan beri Koreya Respublikasining qator hududlarida kuchli yomg‘ir va ko‘chkilar kuzatilmoqda va buning oqibatida 38 kishining halok bo‘lgani yoki bedarak yo‘qolgani xabar qilinmoqda.

Shuningdek, shu paytgacha 4 mingga yaqin aholi o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan, 9,300 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari suv ostida qolgan. Mamlakat meteorologiya xizmati Chollanamdo viloyati va Katta Kvangju shahrida yog‘ingarchilik yanada ko‘payishini taxmin qilmoqda. To‘fonning yarim orolga qarab harakatlanishi ehtimoli sababli markaziy Chunchxon va sharqiy Gangvondo aholisi yana kuchli yomg‘irga tayyorlanmoqda.

Hozirda Janubiy Koreya to‘fon ta’sirida bo‘lib, juda kuchli yomg‘ir va shamol kutilmoqda. Asosiy zarba Koreya yarim orolining janubiy va sharqiy hududlarida sodir bo‘lishi mumkin.

Koreya Respublikasi O‘rmon xizmati mamlakatning 16 ta hududidagi ko‘chki xavfining «jiddiy» darajaga ko‘tarilgani haqida ogohlantirgan. Ayni paytda yomg‘ir yog‘ishda davom etib, mamlakat janubini suv bosmoqda. Ob-havo ma’lumotiga ko‘ra, bu holat markaziy va shimoliy hududlar, shu jumladan poytaxtda ham yuz beradi.

Bugungi kunda Koreya Respublikasida ko‘plab o‘zbekistonliklarning vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotganini inobatga olib, ulardan ehtiyotkorlikni oshirishlarini, tabiiy ofatlarda mamlakatda belgilangan ko‘rsatmalarga rioya qilishlarini so‘raymiz.

Kiritildi: 14:13 10.08.2020. O'qildi: 6242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!