Bugun 3 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Diqqat, bayram sovg‘asi! 31 avgust va 1-2 sentyabr kunlari Toshkent metrosidan foydalanish bepul bo‘ladi

A A A
Diqqat, bayram sovg‘asi!  31 avgust va 1-2 sentyabr kunlari Toshkent metrosidan foydalanish bepul bo‘ladi

31 avgust va 1—2 sentyabr kunlari yurtdoshlarimiz Toshkent metrosidan bepul foydalanishlari mumkin. 

Xalqimiz hamisha ezgulikka, yaxshilikka intilib yashaydi. Shu bois ham yurtimizda yaxshi kunlar, bayramlar bisyor. Ushbu bayramlarning sultoni esa “Mustaqillik kuni”dir. Har yili katta tantana va ko‘tarinki ruhda nishonlanadigan mustaqillik bayramiga ham sanoqli kunlar qoldi. Albatta, ushbu bayramning qadr-qimmati biz uchun bebahodir. Chunki, bunda istiqlol, deya jon fido etgan ajdodlarimizning ruhi hukmron.

Tilagimiz mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin. Uni asrab-avaylash, unga fido bo‘lish hamisha barchamizga nasib etsin.

"Aziz yurtdoshlar, qadrli hamshaharlar!

To‘yga to‘yona bilan deganlaridek, “Toshkent metropoliteni” UK ham bayram kunlari yo‘lovchilar uchun munosib tuhfa hozirladi. Jumladan, bayram kunlari, ya’ni 31 avgust hamda 1,2 sentyabr kunlari yurtdoshlarimiz jamoat transporti gultoji bo‘lgan metrodan bepul foydalanishlari mumkin", deyiladi vazirlik xabarida.

Kiritildi: 19:07 30.08.2020. O'qildi: 2002 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!