Xabaringiz bor, joriy yilning 4 avgust kuni Ichki ishlar vazirligi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Akromov o‘z ishxonasida vahshiylarcha o‘ldirib ketilgan edi. 39 yoshli Dilshod Akromovning o‘limida uning shogirdi, Toshkent shahar IIBB HPB katta inspektori Rustam Abdullayev ayblanib, hibsga olindi. Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “j” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bundan biroz avval, Rustam Abdullayev komadan chiqqanini ma’lum qilgan edik.
“Qalampir.uz” shaxsiy manbalari orqali aniqlagan ma’lumotlarga qaraganda, qotil Dilshod Akromovni o‘ldirishdan avval uning yuziga kuydirish xususiyatiga ega bo‘lgan kimyoviy modda (kislota) sepgan va Akromovga o‘tkir tig‘li pichoq bilan tashlangan. Qotil bir necha bor Akromovni pichoqlagan. Qolaversa, o‘zi ham o‘tkir tiqli moslamalardan jarohat olgani aytilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, Akromov o‘zini himoya qilish uchun unga ham jarohat yetkazgan.
Ayni damda tergov ishlari davom ettirilmoqda.
Manba: qalampir.com