Dilshod Ahmedov “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatiga yangi rahbar qilib tayinlandi. Bu haqda kombinat matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 12 oktyabr kuni kombinat kuzatuv kengashi raisi, bosh vazir Abdulla Aripov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Rashid Pirmatov nafaqaga chiqishi munosabati bilan o‘z lavozimini tark etayotgani, shuningdek, Dilshod Ahmedovning kombinat boshqaruvi raisi — bosh direktori lavozimiga tayinlangani e’lon qilindi.