Qo‘shma Shtatlar 56 foizdan ortig‘i Rossiyaning "Gazprom neft" va "Gazprom" kompaniyalariga tegishli bo‘lgan Serbiyaning NIS (Naftna industrija Srbije) neft-gaz kompaniyasiga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri sanksiyalar joriy qilishni rejalashtirmoqda. Sanksiyalar 15-martdan kuchga kirishi mumkin. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Vuchich Serbiya hukumati yig‘ilishida ma’lum qildi.
Vuchichning aytishicha, bunday qaror Serbiyadagi neftni qayta ishlash va neft-kimyo korxonalari uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Shu munosabat bilan u yangi Amerika ma’muriyati bilan uchrashish uchun AQShga borishni rejalashtirmoqda. Uning tashrifi 20-yanvarga, Donald Tramp inaugurasiyasi kuniga mo‘ljallangan.
“Biz o‘z ovozimizni Amerikaning yangi ma’muriyati eshittirish uchun kurashdik. Men Trampdan ko‘p narsa kutaman va Serbiya fuqarolarini xursand qiladigan o‘zgarishlarga umid qilaman”, — dedi Vuchich.
Vashingtondagi muzokaralardan so‘ng Vuchich Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashmoqchi. U inqirozdan chiqish uchun mumkin bo‘lgan qadamlarni muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Vuchichning so‘zlariga ko‘ra, suhbat 25-27 yanvar kunlari bo‘lib o‘tishi mumkin.