Germaniya Rossiya prezidenti Vladimir Putin urushni shu yil yakunlashiga umid qilmoqda, chunki bunga allaqachon signallar bor, deb xabar bermoqda Germaniyaning Bild nashri.
Ta’kidlanishicha, bojlar va oziq-ovqat narxlarining oshishi, rublning qadrsizlanishi va harbiy-sanoat majmuasiga haddan tashqari yuklanish tufayli boshqa sohalardagi inqiroz salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Nashrning yozishicha, Kreml hududlarni 2026-yilgi saylovlarga tayyorlamoqda, urushning tugashi esa g‘alaba sifatida taqdim etiladi.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urush 2025-yilda tugashiga umid qilishini aytgan edi.