Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Dilorom Omonullayeva 66 yoshida vafot etdi

Dilorom Omonullayeva 66 yoshida vafot etdi

O‘zbek san’atida katta yo‘qotish. Bugun ustoz ijodkor, taniqli kompozitor, O‘zbekiston san’at arbobi Dilorom Omonullayeva 66 yoshida bu olamni tark etdi.

Dilorom Omonullayeva 1959 yil 1 oktyabr sanasida Toshkentda musiqachilar oilasida tug‘ilgan. Diloromning qalbiga ona allalari bilan birga musiqiy mo‘’jizalar kirib keldi. Qobiliyatli qizcha Uspenskiy nomidagi maxsus musiqa maktabida fortepiano sinfi bo‘yicha o‘qiy boshladi. 12 yoshida esa professor Boris Zeydman sinfida kompozisiyadan ham qo‘shimcha saboq oldi.

Ilk asarlari orasida torli orkestr, urma cholg‘ular va fortepiano uchun besh syuitasi milliy simfonik orkestri tomonidan ijro etildi va muvaffaqiyat qozondi.

Dilorom Omonullayeva 1978 yili maktabni muvaffaqiyatli bitirib, Toshkent Davlat konservatoriyasining kompozitorlik fakultetida professor Boris Zeydman sinfida o‘qishni davom ettirdi, kompozitor Rumil Vildanov sinfida o‘qishni imtiyozli diplom bilan bitirdi.

Dilorom Omonullayeva 1984–1986 yillarda yo‘llanma bilan Guliston san’at bilim yurtida musiqa fanlaridan dars berishni boshladi. 1986–1990 yillarda konservatoriyada professor To‘lqin Qurbonov sinfida asisstenturani bitirdi. 1993 yildan Uspenskiy nomidagi maxsus musiqa maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishladi.

Dilorom Omonullayeva zamonaviy estrada yo‘nalishida U.Azim, E.Obidov, N.Narzullayev. Z.Mo‘minova, H.Xudoyberdiyeva va boshqalarning she’rlariga musiqa bastaladi, turli mavzularda 100 dan ortiq qo‘shiqlar yaratdi: «Siz yoqqansiz menga hamisha», «Yomg‘ir yog‘di», «Saraton», «Sen qaydasan», «Ikki daraxt», «Azizim», «Yig‘lama», «Yolg‘on dunyo» va boshqalar. 1997 yili Usmon Azim she’riga «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali madhiyasini yaratdi.

Dilorom Omonullayeva «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan, «Ofarin» mukofoti sohibi, «O‘zbekiston — Vatanim manim» va boshqa tanlovlar sovrindori.

Kiritildi: 19:33 31.05.2025. O'qildi: 1018 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!