Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Der Spiegel: “Germaniya uchun muqobil” partiyasi federal darajada “o‘ng ekstremistik taahkilot” deb e’tirof etildi

Der Spiegel: “Germaniya uchun muqobil” partiyasi federal darajada “o‘ng ekstremistik taahkilot” deb e’tirof etildi

Germaniya Federal Konstitusiyani himoya qilish idorasi “Germaniya uchun muqobil” (AfD) partiyasini “o‘ta o‘ng ekstremistik tashkilot” deb tasnifladi.

"Bunga partiyaning butun faoliyati ekstremistik xarakterga ega ekani va inson qadr-qimmatini e’tiborsiz qoldirayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan", deyiladi idora matbuot relizida.

Federal idora bir necha oy davomida AfD faoliyatiga baho berish ustida ishlagan. Biroq shu vaqtgacha partiya faqat “o‘ng ekstremizmda gumon qilinuvchi” sifatida qayd etilgan edi. Hozirgi maqom esa partiyaning butunlay konstitusiyaga zid deb topilganini bildiradi, deya izoh berdi Der Spiegel.

Qayd etilishicha, bu qaror razvedka vositalari orqali partiyani kuzatish uchun huquqiy to‘siqlarni kamaytiradi. Masalan, telefonlarni tinglash yoki insayderlarni yollash imkonini beradi.

Konstitusiyani himoya qilish idorasining ma’lum qilishicha, AfD'da ustunlik qilayotgan “etnik kelib chiqishga asoslangan xalq tushunchasi” Germaniyaning asosiy erkin demokratik tartibi bilan mos kelmaydi. Masalan, partiya asosan musulmon mamlakatlardan kelgan muhojirlik tarixiga ega nemislarni “nemis xalqining teng huquqli a’zolari” deb hisoblamaydi.

Biroq bu partiyaning taqiqlanganligini anglatmaydi va siyosiy kuch faoliyati uchun jiddiy huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi. Faqat Federal Konstitusiyaviy sud Bundestag, Bundesrat yoki Federal hukumat tashabbusi bilan partiya faoliyati taqiqlanishi mumkin. AfD qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Kiritildi: 16:01 02.05.2025. O'qildi: 331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!