Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Depressiya va stressdan saqlanishning eng oson yo‘li — o‘zingizni seving!

Depressiya va stressdan saqlanishning eng oson yo‘li — o‘zingizni seving!

O‘zini sevgan insonlar ruhiy chidamliligi bilan ajralib turadi. Buyuk Britaniyaning Kvins universiteti mutaxassislari shu fikrni olg‘a surishyapti.

Mutaxassislar fe’l-atvorning beshta ijobiy va uchta salbiy jihatlarini aniqlashdi. Ularning fikricha, bu xususiyatlar insonning jamiyatda o‘zini qanday tutishini ko‘rsatib beradi.

Yana olimlar salbiy hus-tuyg‘ular qatoriga kiruvchi, o‘zini sevish xususiyati ustunlik qilgan insonlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi va ishtirokchilarning kundalik hayoti qanday o‘tishi haqida so‘rashdi.

So‘rovnomada, psixologlar o‘zini sevish xususiyati yuqori bo‘lgan insonlarning ruhiy chidamliligi yuqoriligini aniqlashgan. Aynan shu sababli bo‘lsa kerak, bu insoniy xususiyat evolyusiya jarayonida ham yo‘qolib ketmagan.

Shunday ekan, o‘zingizni seving va buning qadriga yeting, deb tavsiya beradi britaniyalik olimlar.

 

 

Kiritildi: 09:40 04.11.2019. O'qildi: 2571 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!