Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Denovda ruhiy xastalikka chalingan ayol yosh bolani pichoqlab o‘ldirdi

Denovda ruhiy xastalikka chalingan ayol yosh bolani pichoqlab o‘ldirdi

Surxondaryodagi bozorda ayol yosh qizchani pichoqlagani aks etgan video tarqalgandi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, qizcha vafot etgan. Bu haqda "Daryo" xabar berdi.

Voqea 1 may kuni Denov tumanida sodir bo‘lgan. Qizaloq olgan tan jarohatlari oqibatida tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan. Gumonlanuvchi ayol prosessual tartibda ushlangan. Olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turgan.

Tarmoqda tarqalgan videoda ayol onasi bilan ketayotgan qizchaga odamlar ko‘z o‘ngida pichoq urgani, so‘ng pichoqni tashlab ketib qolganini ko‘rish mumkin. Qizcha ko‘p qon yo‘qotgan. Uni pichoqlagan ayol huquq-tartibot organlari tomonidan ushlangan.

Hozirda ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 16:13 06.05.2025. O'qildi: 2114 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!