Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Denovda yer resurslaridan noqonuniy foydalangan fuqaro 18,7 mln so‘m jarima to‘ladi

Denovda yer resurslaridan noqonuniy foydalangan fuqaro 18,7 mln so‘m jarima to‘ladi

Denov tumanida yashovchi fuqaro Gulmira Salimova Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida faoliyatini lisenziyalamasdan yer resurslaridan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy foydalanib, ya’ni tuproq qazib olish ishlarini olib borib tabiat hamda madaniy meros ob’ektiga zarar yetkazganligi uchun jinoiy javobgarlik masalasi hal etilgan.

G.Salimovaning bu qilmishi uchun sud hukmi bilan bazaviy hisoblash miqdorining ellik besh baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Majburiy ijro byurosi Denov tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida belgilangan 18 mln 700 ming so‘m jinoiy jarima to‘liq undirilib, davlat byudjetiga yo‘naltirildi.

Ijro hujjati bo‘yicha qarzdor G.Salimova sodir etgan jinoyatining mohiyatini anglab, qilmishidan pushaymon ekanligini bildirdi.

Kiritildi: 09:01 11.04.2025. O'qildi: 515 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!