Surxondaryo viloyati Denov tumanida Damas 32 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.
Xodimlar tomonidan holat bartaraf etilib, avtomashina kuzatuv ostida bog‘chaga qaytarildi. Haydovchiga nisbatan chora ko‘rildi.
Holat yuzasidan viloyat Maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmasiga taqdimnoma kiritildi.