Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Delfi: Estoniya parlamenti rossiyaliklar uchun saylov huquqini bekor qilishga ovoz berdi

Delfi: Estoniya parlamenti rossiyaliklar uchun saylov huquqini bekor qilishga ovoz berdi

"Mamlakat parlamenti konstitusiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi, unga ko‘ra Estoniyada yashovchi uchinchi davlat fuqarolari mahalliy saylovlarda ovoz berish huquqidan mahrum etiladi", deb xabar bermoqda nashr.

Endi ushbu islohotni mamlakat prezidenti tasdiqlashi kerak. Agar hujjat tasdiqlansa, o‘zgarishlar birinchi navbatda Estoniyada doimiy yashash huquqiga ega bo‘lgan 80 ming Rossiya fuqarosiga ta’sir qiladi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ushbu shaxslar mahalliy saylovlarda qatnashishi mumkin, biroq umummilliy saylovlarda qatnashish huquqiga ega emas.

Bundan tashqari, Estoniyada 60 ming nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs ham yashaydi. Yangi qoidalarga ko‘ra, keyingi mahalliy saylovlarda faqat Estoniya va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar fuqarolari qatnasha oladi.

Kiritildi: 20:56 27.03.2025. O'qildi: 890 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!