Chorshanba kuni Davos Jahon iqtisodiy forumi doirasidagi muhokamada NATO bosh kotibi Mark Ryutte dekabr oyida Rossiya Ukrainadagi urushda jami 30 mingdan oshiq askaridan ayrilganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, og‘ir yo‘qotishlarga qaramay, Rossiya Ukrainada hujumkor harakatlarini davom ettirmoqda.
NATO bosh kotibi Mark Ryuttening so‘zlariga ko‘ra, Donald Trampning talablariga, xususan Grenlandiya haqidagi bayonotlariga haddan tashqari e’tibor qaratish Yevropa davlatlarini Ukrainani qo‘llab-quvvatlash zaruratidan chalg‘itmoqda. Shuningdek, Ryutte asosiy muammo Grenlandiya emas, aksincha Ukraina ekanligini ta’kidlagan.
"NATO bosh kotibi bu baholashlar qaysi manbalarga asoslanganiga aniqlik kiritmadi. Odatda, G‘arb siyosatchilari, harbiy idoralari va razvedka xizmatlari Rossiyaning Ukraina urushidagi yo‘qotishlari haqida gapirganda, halok bo‘lganlar va yaralanganlarni o‘z ichiga olgan umumiy raqamlarni keltiradi. Rossiya 2022 yil sentyabr oyidan buyon o‘z yo‘qotishlari bo‘yicha rasmiy ma’lumotlarni e’lon qilmaydi", deyiladi BBC xabarida.