Hindiston poytaxti Dehli ma’muriyati havoning o‘ta darajada ifloslanishi sababli 17-dekabr kunidan boshlab shaharda qat’iy cheklovlarni joriy qildi. Unga ko‘ra:
🔹 so‘nggi ekologik standartlarga javob bermaydigan eski dizelli yuk mashinalarining shaharga kirishi taqiqlanadi;
🔹 barcha xususiy va davlat idoralari xodimlarining 50 foizi masofadan (onlayn) ishlashga o‘tkaziladi;
🔹 barcha turdagi qurilish ishlari, jumladan, davlat ahamiyatiga molik loyihalar ham vaqtincha to‘xtatiladi;
🔹 maktablarda o‘qish gibrid (ham onlayn ham an’anaviy) shaklga o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, qurilish ishlari to‘xtatilgani sababli, kunlik ish haqiga qarab kun ko‘ruvchi qurilish ishchilariga 10 000 rupiy (taxminan 110 dollar) miqdorida bir martalik kompensasiya to‘lab beriladi.