Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Defensa Central: 39 yoshli Serxio Ramos "Real"dan taklif bo‘lsa, uni jon deb qabul qiladi

Defensa Central: 39 yoshli Serxio Ramos "Real"dan taklif bo‘lsa, uni jon deb qabul qiladi

"Monterrey"ning 39 yoshli markaziy himoyachisi Serxio Ramos Madridning "Real" klubiga qaytishi mumkin. Bu haqda Defensa Central xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik futbolchining "Real"ga shov-shuvli qaytishi qishki transferlar davrida ro‘y berishi mumkin. Ramosning Meksika klubi bilan shartnomasi yakunlanmoqda, shu bois u bir oydan so‘ng erkin agentga aylanadi. Shu bilan birga, "qaymoqranglilar"ga tajribali markaziy himoyachi juda zarur.

Ramos 2005-2021 yillarda "Real" sharafini himoya qilgan. Bu vaqt ichida u 671 ta o‘yinda maydonga tushib, 101 ta gol urdi va 40 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Meksikaning "Monterrey" klubi safida Ramos joriy yilning fevral oyidan buyon to‘p tepib kelmoqda. Uning hisobida 30 ta o‘yin va yettita gol bor.

Kiritildi: 19:09 30.11.2025. O'qildi: 643 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!