Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Davomli jaziramalar insonni tajovuzkor qilib qo‘yadi?!

A A A
Davomli jaziramalar insonni tajovuzkor qilib qo‘yadi?!

Tadqiqotlarga ko‘ra, global isishning psixologik, ijtimoiy va biologik omillarga ta’siri tufayli dunyoda jinoyatchilik darajasi 5 foizga oshishi mumkin. Issiqlik va uning ta’siri allaqachon ushbu ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlarda depressiya va turli tashvishlarni kuchaytirmoqda. Bundan tashqari, Barqarorlik platformasiga ko‘ra, olimlar g‘ayritabiiy yuqori harorat va o‘z joniga qasd qilish o‘rtasidagi bog‘liqlikni ham aniqladilar.

Adelaida universiteti (Avstraliya) mutaxassislari hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘rtacha oylik harorat darajasi 1°S ga yuqorilashi bilan ruhiy salomatlik bilan bog‘liq o‘lim 2,2% ga oshadi. Yuqori havo harorati surunkali ruhiy muammolari bo‘lmagan odamlarga ham salbiy ta’sir etishi mumkin, chunki issiqlik stressi reaksiya ko‘rsatish vaqtini sekinlashtirib, aqliy fikrlashni susaytiradi.

Garvard universitetida talabalarning issiq kunda kondisionerli xonada ishlagan test sinov natijalari, odatiy komfort kunlardagi kondisionerli xonadagi test natijalardan 13% pastroq bo‘lgan. Bundan tashqari, tadqiqotchilar haddan tashqari issiq harorat va zo‘ravonlik jinoyatlarining ko‘payishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladilar. Atrof-muhit haroratining 1-2°C gacha ko‘tarilishi bilan tajavuskorliklar (hujumlar) soni 3-5% ga oshib ketgan.

Kembrij universiteti olimlarining prognozlariga ko‘ra, 2090 yilga borib global jinoyatchilik darajasi faqat iqlim o‘zgarishi tufayli 5 foizga oshishi mumkin. Chunki insonlar ungacha tajovuzkorlikni nazorat qiluvchi serotonin kabi gormonlarni kuchaytirish orqali insonning yuqori haroratli streslarni tez aylanib o‘ta olishiga erishishsa kerak.

Serotonin - organizmning turli fiziologik parametrlarini shakllantirish va tartibga solishda ishtirok etadi - qon ivish jarayonlaridan allergiya va yallig‘lanish jarayonlarida ishtirok etishgacha, jinsiy va ovqatlanish xatti-harakatlarini tartibga solishdan tortib kayfiyatni ko‘tarishgacha rol o‘ynay oladigan gormon. Umuman olganda, mazkur gormon inson hayotining umumiy sifatini belgilaydi va organizmdagi ko‘plab funksiyalarni «boshqaradi».

Kiritildi: 02:01 13.08.2022. O'qildi: 3018 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!