Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Davlatlar orasidagi eng uzun chegaralar

Davlatlar orasidagi eng uzun chegaralar

Xitoy – Mo‘g‘uliston: 4 677 kilometr...
Xitoy quruqlikdan o‘tgan chegaralar bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinda turadi. Bu davlat quruqlikda jami 14 davlat bilan chegaradosh. Uning eng uzun chegarasi Mo‘g‘uliston bilan bo‘lgan chegarasi hisoblanadi. Ushbu chegaraning uzunligi 4 677 kilometrni tashkil etadi.

Hindiston – Bangladesh: 4 053 kilometr...
Hindiston va Bangladesh davlatlari o‘rtasidagi davlat chegarasi ham quruqlikdan o‘tgan chegaralar uzunligi bo‘yicha dunyoda yuqori o‘rinlarda turadi. Bu ikki mamlakatning quruqlikdan o‘tgan chegaralarining umumiy uzunligi 4 053 kilometrni tashkil etadi. Bangladesh esa quruqlikda faqat ikkita davlat, Hindiston va Myanma bilan chegaradosh.

Rossiya – Xitoy: 3 645 kilometr...
Rossiya dunyoda quruqlikdan o‘tgan chegaralari uzunligi bo‘yicha Xitoydan keyin 2-o‘rinda turadi va uning quruqlikdan o‘tgan chegaralarining umumiy uzunligi 22 ming kilometrni tashkil etadi. Shundan 3 645 kilometri Xitoy bilan chegara hisoblanadi. 

Kiritildi: 11:24 16.06.2020. O'qildi: 10207 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!