Joriy yilning shu vaqtiga qadar "O‘zenergoinspeksiya" tomonidan iste’molchilarga Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha jami 3 355 ta ob’ektning elektr ta’minoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazildi. Unga ko‘ra, 2 132 ta iste’molchining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulandi.
Shuningdek, 323 ta energetika ob’ektning elektr ta’minoti loyihalari kelishilib, shundan 24 ta ob’ektning elektr qurilmasi ishga tayyorligi bo‘yicha xulosalar berildi.
1Shuni yodda tutingki, texnik shartlarsiz elektr ta’minotini loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.
Texnik shartlarning bajarilishi barcha iste’molchilar, loyihalash, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.