Bugun 20 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Davlat xizmatchilarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi holatlariga chek qo‘yilmoqda

Davlat xizmatchilarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi holatlariga chek qo‘yilmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va tashkilotlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, «Mikrokreditbank» ATB, «Biznesni rivojlantirish banki» ATB hamda «Turonbank» ATB va ularning tizim tashkilotlari o‘rganilganda ularning 148 nafar boshqaruv xodimi 155 ta tadbirkorlik sub’ektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi.

Jumladan, «Mikrokreditbank» ATBning 94 nafar boshqaruv xodimi 96 ta tadbirkorlik sub’ektida, «Biznesni rivojlantirish banki» ATBning 41 nafar boshqaruv xodimi 46 ta tadbirkorlik sub’ektida hamda «Turonbank» ATBning 13 nafar boshqaruv xodimi 13 ta tadbirkorlik sub’ektida ta’sischi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

Yuqoridagi qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha Agentlik tomonidan mazkur banklarga taqdimnomalar kiritildi.

O‘z navbatida, banklar tomonidan taqdimnomalar tanqidiy muhokama qilingan holda tadbirkorlik sub’ektlarida ta’sischilik qilayotgan xodimlarga nisbatan ogohlantirish xatlari berilib, qayd etilgan qonunbuzilishi holatlari bartaraf etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonunlarida
davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlangan.
——————
Agarda siz korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning «Call-markazi» – 1253 yoki https://eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Kiritildi: 11:08 18.09.2024. O'qildi: 315 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!