Bugun 29 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Davlat sirlari to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi

"Davlat sirlari to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi

Qonun O‘zbekiston manfaatlarini ko‘zlab ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritishning huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilaydi.

Shuningdek, davlat sirlaridan foydalanish va ularni himoya qilish, davlat sirlari bilan bog‘lik boshqa faoliyatni amalga oshirish chog‘ida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.

Davlat sirlari sohasidagi yagona davlat siyosati Prezident tomonidan belgilanadi.

Davlat xavfsizlik xizmati davlat sirlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

Ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish va ularni maxfiylashtirish O‘zbekistonda maxfiylashtirilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatiga asosan amalga oshiriladi.

Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlari ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish to‘g‘risidagi o‘z qarorlari uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.

Davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlar maxfiyligining kuyidagi uchta darajasi va ushbu darajalarga muvofiq bo‘lgan mazkur ma’lumotlarni tashuvchilar uchun maxfiylik griflari belgilanadi:

maxfiylikning birinchi darajasi – “Alohida ahamiyatli”;

maxfiylikning ikkinchi darajasi – “Mutlaqo maxfiy”;

maxfiylikning uchinchi darajasi – “Maxfiy”.

Davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni maxfiylashtirish muddati davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan sir uchun - 30 yildan va xizmat siri uchun - 10 yildan oshmasligi kerak.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Kiritildi: 12:19 28.12.2024. O'qildi: 586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!