Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tmasdan faoliyat yuritib kelayotgan AYOQShga nisbatan chora ko‘rildi

Davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tmasdan faoliyat yuritib kelayotgan AYOQShga nisbatan chora ko‘rildi

O‘zenergoinspeksiya Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Sayxunobod tumanida joylashgan “X.X.A.” xususiy korxonasiga qarashli avtomashinalarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida neft mahsulotlarini tarqatish talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida ushbu AYOQShdagi yoqilg‘i tarqatish ustunlarining navbatdagi davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish muddatiga amal qilinmasdan iste’molchilarga neft mahsulotlari sotilayotganligi aniqlandi.

1️⃣Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli qonunining 43-moddasiga ko‘ra, ushbu AYOQShga nisbatan realizasiya qilingan avtobenzin qiymatining 50 foizi miqdorida jarima qo‘llanildi.

Kiritildi: 10:36 27.06.2025. O'qildi: 211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!