Endi bunday gap-so‘zlarga o‘rin qolmadi, chunki 2025 yil 1 avgustdan qonunchilikka ko‘ra, davlat xizmati lavozimlarini egallash bo‘yicha tanlov o‘tkazishda quyidagilar belgilandi:
respublika, hududiy va tuman (shahar) darajasidagi tashkilotlardagi lavozimlarning boshqaruv va yordamchi guruhlari uchun tanlovlar faqatgina Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona portali orqali o‘tkaziladi;
test sinovlari Davlat xizmatchilarini sinovdan o‘tkazish moduli orqali maxsus jihozlangan xonalarda yoki masofaviy onlayn proktoring tizimi orqali o‘tkaziladi.