Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Davlat dumasi Rossiya va KXDR o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni ratifikasiya qildi

Davlat dumasi Rossiya va KXDR o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni ratifikasiya qildi

Vladimir Putin va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 19 iyun kuni Pxenyanda shartnoma imzoladilar. 15-oktabr kuni Putin Davlat Dumasiga shartnomani ratifikasiya qilish bo‘yicha qonun loyihasini taqdim etdi.

Unda, 2000 yilgi do‘stlik shartnomasidan farqli o‘laroq, tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda mamlakatlarning o‘zaro harbiy mudofaasi to‘g‘risidagi band paydo bo‘ldi - bu 1961 yildagi Xrushchev shartnomasidan olingan. Putin ishtirokchilardan biriga «tajovuz» sodir bo‘lgan taqdirda mamlakatlar yordam berishini aytganida aynan shu narsa haqida gapirgan.

The Wall Street Journal shu hafta boshida Rossiya razvedka manbalariga tayanib xabar berganidek, hujjatda Shimoliy Koreyaga Ukrainadagi urushga mingga yaqin askar yuborishga ruxsat beruvchi maxfiy band bor.

Kiritildi: Bugun 15:54. O'qildi: 296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!