Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Daniyada AQShning Grenlandiyaga nisbatan siyosatiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi

Daniyada AQShning Grenlandiyaga nisbatan siyosatiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi

Daniyaning eng yirik shaharlari Orxus va Kopengagenda AQShning Grenlandiyaga nisbatan siyosatiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

Danmarks radio xabariga ko‘ra, "Grenlandiya Grenlandiyaga tegishli" shiori ostidagi namoyish uchun poytaxtdagi Amerika elchixonasida 800 dan 1000 nafargacha odam yig‘ilgan.

Namoyishchilar AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar Grenlandiyani nazorat qilmoqchi ekanligini bir necha bor aytganidan keyin to‘plangan.

"Grenlandiyaga ham, Daniyaga ham bunday bosimni qabul qilib bo‘lmaydi. Biz bu normal emasligini ko‘rsatmoqchimiz. Bu qo‘pol qoidabuzarlik", - deydi tashkilotchilardan biri Karen Littauyer.

Eslatib o‘tamiz, norozilik namoyishlari AQSh vise-prezidenti Jey Vens 28 mart kuni Grenlandiyadagi Amerikaning Pituffik harbiy bazasida Kopengagen orol xavfsizligini ta’minlash uchun yetarlicha choralar ko‘rmayotganini aytganidan so‘ng bo‘lib o‘tdi. Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen qirollikni tanqid qilishni adolatsiz deb atadi.

Kiritildi: 20:47 29.03.2025. O'qildi: 533 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!