Daniya Ukrainaga oltita F-16 qiruvchi samolyotini topshirdi va Kiyevga yana 13 ta samolyot yetkazib berishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen Vladimir Zelenskiy bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qilgan, uning videosi "Telegram"dagi kanalida e’lon qilingan.
"F-16 bo‘yicha rejalarimiz o‘zgarmadi. Oltita F-16 allaqachon yetkazib berildi - bu birinchi partiya. Keyin yana bir partiya bo‘ladi, jami 19 ta", - dedi u.
Daniya bosh vaziri, shuningdek, Kiyevga to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ukraina mudofaa sanoatiga 130 million yevrodan ortiq miqdorda harbiy yordamning yangi paketi ajratilishini ma’lum qildi.