Daniya hukumati AQShning yangi ma’muriyati bilan Arktika hududlari bo‘yicha muloqotga tayyorligini tasdiqladi. Bu haqda Daniya tashqi ishlar vazirligi rahbari Lars Lyokke Rasmussen ma’lum qildi.
"Amerikaliklar Arktikadagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatdan ma’lum xavotirlarga ega, bu bilan Daniya tomoni ham qo‘shiladi", — dedi u. "Shuning uchun Daniya Grenlandiya bilan yaqin hamkorlikda Amerika tomonining qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralarni davom ettirishga tayyor", — deya qo‘shimcha qildi Daniya TIV rahbari.
7 yanvar kuni Donald Tramp Grenlandiyani Xitoy va Rossiya tahdidlaridan himoya qilish uchun AQSh tarkibiga kirishi kerakligini aytdi. 2019 yilda, prezident sifatidagi birinchi muddatida u Qo‘shma Shtatlar Daniya tarkibidagi hudud bo‘lgan va keng avtonomiya huquqlariga ega bo‘lgan Grenlandiyani sotib olishi mumkinligini aytdi.