AQSh prezidenti Donald Tramp Davos iqtisodiy forumida nutq so‘zladi. AQSh prezidenti Grenlandiya xavfsizligini faqat Qo‘shma Shtatlar ta’minlay olishini ta’kidladi, shuning uchun u orolni sotib olish bo‘yicha «darhol muzokaralarni boshlash»ni taklif qildi.
Tramp o‘z nutqida Ukrainani ham tilga oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mojaroni amerikaliklar emas, balki Yevropa va NATO hal qilishi kerak. Quyida Trampning asosiy bayonotlari keltirib o‘tiladi.
Grenlandiya haqida
«AQSh Grenlandiyani Daniyaga «qaytarib berishda» ahmoqlik qildi. Bu bizning hududimiz. Biz uni saqlab qolishimiz mumkin edi, lekin biz buni qilmaslikni tanladik. AQSh Ikkinchi Jahon urushi paytida Grenlandiyani saqlab qoldi. Bizsiz siz nemis va ozgina yapon tilida gaplashgan bo‘lar edingiz. Faqat AQSh Grenlandiyaning «o‘sha muz bo‘lagining» xavfsizligini ta’minlay oladi. Shuning uchun men uni darhol sotib olish bo‘yicha muzokaralarni boshlamoqchiman. Biz orolni egallash uchun kuch ishlatmaymiz», dedi Tramp.
Qo‘shma Shtatlar Grenlandiyaning «Oltin gumbaz» raketaga qarshi mudofaa tizimini qurishini va xavfli raqiblarni to‘xtatishini istaydi.
Qo‘shma Shtatlar Grenlandiyaga tabiiy resurslarga kirish uchun emas, balki xavfsizlik uchun kerak.
Daniya Grenlandiyani saqlab qolish uchun juda kichik mamlakat.
Evropa va NATO haqida
Qo‘shma Shtatlarga zaiflashganlar emas, balki kuchli ittifoqchilar kerak.
Evropa noto‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanmoqda; uning ba’zi qismlari tanib bo‘lmas holga keldi.
Tramp Qo‘shma Shtatlarni sayyoramizning iqtisodiy dvigateli deb atadi va Amerika iqtisodiy o‘sishi barcha mamlakatlarga foyda keltirishini e’lon qildi.
Kuchli va birlashgan G‘arb uchun mamlakatlar energetika, savdo va migrasiya haqida qayg‘urishi kerak.
Qo‘shma Shtatlar NATO evaziga olganidan ko‘ra ko‘proq narsani beradi.
Ukrainadagi harbiy mojaro haqida
«Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga aralashmasligi kerak; bu Yevropaning ishi. Ittifoqchilar kelishuvga ko‘proq jalb qilinishi kerak. Agar 2020 yilgi AQSh saylovlari soxtalashtirilmaganida, Ukrainadagi mojaro boshlanmas edi va aybdorlar tez orada jazolanadi. Putin ham, Zelenskiy ham kelishuvga erishmoqchi. Men bugun Zelenskiy bilan uchrashaman», dedi Tramp.
Ukrainadagi mojaro tufayli Uchinchi Jahon urushi bo‘lmaydi.
Venesuela haqida
Venesueladagi biznes juda yaxshi ketmoqda va AQShga neft sotgandan keyin yanada ko‘proq daromad oladi.
AQSh Venesuelada ilgari hech kim eshitmagan qurollardan foydalangan.
Iqtisodiyot haqida
Dunyo iqtisodiy va immigrasiya siyosatining ilgari hech qachon ko‘rilmagan halokatli oqibatlariga duch kelmoqda.
AQSh Amerikaga yetkazgan zararini qoplash uchun boshqa mamlakatlarga tariflarni joriy qilmoqda. AQSh federal xarajatlari yil davomida 100 milliard dollarga qisqartirildi. Mamlakat tashqi savdosining 40 foizini qamrab oluvchi savdo bitimlarini tuzdi.
AQSh tabiiy gaz qazib olish tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi.