Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Dang‘ara tumanida ko‘knor va nasha yetishtirgan shaxs aniqlandi

A A A
Dang‘ara tumanida ko‘knor va nasha yetishtirgan shaxs aniqlandi

Samarqand viloyati, Dang‘ara tumanida ko‘knor va nasha yetishtirgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 4 may kuni Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar natijasida M.S. uyi tomorqasining 7 kv.m maydonida ko‘knor va shuncha maydonda nasha giyohvandlik o‘simliklarini yetishtirayotganligi aniqlangan. Uning uyi omborxonasida esa 1 kg. 146 gr. marixuana va 179 gr. ko‘knor giyohvandlik moddalari topilib, daliliy ashyo sifatida olingan.

 

Kiritildi: 09:05 11.05.2018. O'qildi: 1480 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik