Bugun 22 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Dam olish kunlari o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Dam olish kunlari o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida bugun kunduz kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘adi. Kunduzgi havo harorati 20-25 daraja atrofida bo‘ladi.

Yakshanba kuni mamlakatimiz hududiga Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan siklon kirib kelishi kutilmoqda., buning hisobiga nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. O‘zbekiston hududi bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘adi, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning ayrim hududlarida do‘l yog‘ishi mumkin. Faqat sharqiy hududlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

1-2 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, respublika shimolida va cho‘l hududlarida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

31 mart va 2 aprelda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

31 martda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.

Poytaxtda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 24-27 daraja bo‘ladi.

Kiritildi: 11:55 31.03.2023. O'qildi: 2435 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!