“O‘zgidromet” 26—27 aprel kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Ushbu kunlarda havo harorati ko‘tarilishi davom etadi. Juma kuni kunduzi havo 27-30 darajagacha, yakshanba kuniga kelib esa 32-35 darajagacha isiydi. Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda dam olish kunlari ba’zi joylarda 36-39 darajagacha isiydi.
Toshkentda 25—27 aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bugun, 25 aprel kunduzi harorat 28-30 daraja, shanba kuni 30-32 daraja, yakshanba kuni 32-34 daraja bo‘ladi. Harorat kechalari asosan 15-18 daraja bo‘ladi.
O‘zbekistonda ish haftasi davomida ham harorat, prognoz qilinganidek, asta-sekin ko‘tarilib bordi.