Bugun 12 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Daily Express: Putin Ukrainaning bir oy ichida ikkinchi marta kuchli dron hujumidan so‘ng dovdirab qoldi

Daily Express: Putin Ukrainaning bir oy ichida ikkinchi marta kuchli dron hujumidan so‘ng dovdirab qoldi

Xabarlardan ma’lum bo‘lishicha, hujumlardan biri "Rosneft" boshqarayotgan Saratov neftni qayta ishlash zavodiga uyushtirildi.

Ukraina kuchlari bir oy ichida ikkinchi marta Rossiyaning Saratov viloyatiga keng ko‘lamli dron hujumini amalga oshirdi. Hujum neftni qayta ishlash zavodi va muhim harbiy aviabazaga qaratildi.

Seshanba kuni tongda Saratovdagi "sanoat ob’ekti"ga bir nechta dronlar kelib urildi va zarar yetkazdi, deb tasdiqladi viloyat gubernatori Roman Busargin.

U Telegramda shunday deb yozdi: "Favqulodda guruhlar vayronalar tushgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylarda ishlamoqda. Hozircha jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q."

"Kyiv Post" xabar berishicha, hujum "Rosneft"ga qarashli Saratov neftni qayta ishlash zavodiga uyushtirilgan.

Guvohlarning aytishicha, portlash ovozlari eshitilgan va ob’ektda yong‘in ko‘rilgan.

14 yanvar kuni ham xuddi shunday dron hujumi neft markazini yondirib yuborgan edi.

Yirik Rossiya harbiy aviabazasi joylashgan Engels shahrida ham hujum sodir bo‘lgan. Aholi baland portlashlar va aErodrom yaqinida "pulemyot o‘qlarining ovozi"ga o‘xshash tovushlarni eshitgani haqida xabar bergan.

Saratovdan Volga daryosining narigi qirg‘og‘ida joylashgan Engels aviabazasida Rossiyaning strategik bombardimonchi samolyotlari, jumladan, Ukrainaga raketa hujumlari uyushtirishda tez-tez qo‘llaniladigan Tu-95MS va Tu-160 samolyotlari joylashtirilgan.

O‘sha voqeada yong‘in besh kun davom etib, ikki nafar favqulodda vaziyat xodimi halok bo‘lgan.

Shuningdek, ob’ektga 8 yanvar kuni ham hujum qilinib, yana bir yong‘in kelib chiqqan.

Shu bilan birga, Rossiya Mudofaa vazirligi havo hujumidan himoya tizimlari bir kecha davomida 40 ta dronni yo‘q qilganini ta’kidlamoqda.

Federal havo transporti agentligining xabar berishicha, bir qator aEroportlar - jumladan, Qozon, Kirov, Saratov va Ulyanovsk aEroportlari hujum tufayli parvozlarni qisqa muddatga to‘xtatishga majbur bo‘lgan.

Kiritildi: 20:00 11.02.2025. O'qildi: 1031 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!