Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Dahshat! Shifokor COVID-19ga chalingan bemorlarni ataylab o‘ldirdi

Dahshat! Shifokor COVID-19ga chalingan bemorlarni ataylab o‘ldirdi

Germaniyaning Essen shahrida polisiya koronavirusga chalingan ikki bemorni qasddan o‘ldirishda gumon qilib, universitet kasalxonasining shifokorini hibsga oldi.

Bu haqda Germaniya polisiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ma’lumotiga ko‘ra, shifokor xastalikka chalingan bemorlar organizmiga halokatli dozada dori yuborgan deb gumon qilinmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, shifokorning xatti-harakati natijasida 47 va 50 yoshli ikki erkak vafot etgan. Ikkala bemor ham gumon qilinuvchi tomonidan davolangan va dori vositasi organizmiga kiritilayotgan vaqtda og‘ir ahvolda bo‘lgan.

Shifokor allaqachon o‘limlardan biri to‘g‘risida guvohlik bergan.

Uning ta’kidlashicha, qilgan ishi bilan bemor va uning oilasining azob-uqubatiga chek qo‘yishni xohlagan.

44 yoshli shifokor ushbu muassasada 2020 yil fevralidan beri ishlab kelgan.

Kiritildi: 21:24 21.11.2020. O'qildi: 5663 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!