Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Dahshat! Nukusda erkak kelini va qudasini temir bilan urib o‘ldirdi. Kelinining yangasini ham o‘ldirishga urindi

Dahshat! Nukusda erkak kelini va qudasini temir bilan urib o‘ldirdi. Kelinining yangasini ham o‘ldirishga urindi

Nukus tumanida yashovchi S.K.(ayol kishi)10.06.2022 yilda qaynotasi Ye.S. bilan o‘zaro janjallashib onasi SH.K.ning uyiga arazlab ketib qolgan.

11.06.2022 yilda soat 14:00larda S.K. onasi SH.K. va yangasi J.A. bilan birga qaynotasi Ye.S. bilan qolgan 2020 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan farzandini olib ketish uchun borgan vaqtida, o‘rtada kelib chiqqan janjal tufayli qaynotasi Ye.S. qo‘lidagi temir jism bilan S.K. va uning onasi SH.K.larni urib qasddan o‘ldirgan, shundan keyin ular bilan birga kelgan fuqaro J.A.ning bosh va yuz qismlariga xamda tanasining boshqa joylariga bir necha marta o‘rib o‘ldirmoqchi bo‘lgan vaqtda J.A. voqea joyidan qochib yashirinib, og‘ir tan jarohatlari bilan Nukus tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Nukus tumani prokuraturasi tomonidan holat bo‘yicha JKning 97-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Ye.S. JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:49 13.06.2022. O'qildi: 5531 marta. Fikrlar soni: 5 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!