Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Dahshat!!! "Al-Hilol" Mbappega 1 mavsum uchun 700 million yevro va kelasi yil "Real"ga tekinga ketishi mumkin bo‘lgan shartnoma taklif qilishga tayyor

Dahshat!!! "Al-Hilol" Mbappega 1 mavsum uchun 700 million yevro va kelasi yil "Real"ga tekinga ketishi mumkin bo‘lgan shartnoma taklif qilishga tayyor

"Al-Hilol" klubi bir mavsumdan so‘ng Kilian Mbappeni "Real"ga qo‘yib yuborishga tayyor.

Avvalroq Saudiya klubi Mbappe uchun "PSJ"ga rekord darajadagi 300 million yevro taklif qilgani xabar qilingandi.

CBC jurnalisti Jeyms Benjning so‘zlariga ko‘ra, "Al-Hilol" Mbappega mavsum uchun 700 million yevro taklif qilishga tayyor.

Qolaversa, agar hujumchi 2024 yilning yozida "Real"ga o‘tishni istasa, uni tekinga qo‘yib yuborishga tayyor.

Shu bilan birga, agar Mbappe Saudiya Arabistonida uzoqroq shartnoma imzolashni istasa ham, “Al-Hilol” bunga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, "PSJ" Mbappeni shartnomani uzaytirishdan bosh tortgani va 2024 yilda erkin agent sifatida klubni tark etish niyati tufayli Yaponiya bo‘ylab turnega olib bormagandi. Parijliklar yozda Mbappeni sotish bo‘yicha takliflarni tinglashga tayyor.

Kiritildi: 19:07 24.07.2023. O'qildi: 3313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!