Bugun 30 mart, 2024 yil, shanba

КИР

Da Vinchining “Mona Liza”sini yanada yaxshiroq ko‘rish imkoniyati yaratildi

Da Vinchining “Mona Liza”sini yanada yaxshiroq ko‘rish imkoniyati yaratildi

Parijdagi Luvr muzeyida Leonardo da Vinchining «Mona Liza» asarini himoyalovchi yangi o‘q o‘tmas oynalar o‘rnatildi, deya xabar bermoqda Reuters.

Bu oynalar oldingisidan ancha shaffof bo‘lib, tomoshabinlar dunyoning eng mashhur surati bo‘lgan ushbu shoh asardan bahra olishlari mumkin.

1950 yillarning boshlarida tomoshabinlardan biri “Mona Liza”ga kislota quyib zarar yetkazgan. Shundan so‘ng mutasaddilar uning ustiga xavfsizlik oynasi o‘rnatishga qaror qildilar. Shu paytgacha ushbu suratni yo‘q qilish uchun bir qancha urinishlar bo‘ldi. Yaxshiyamki ularning birortasi muvafaqqiyatli chiqmadi.

24 oktyabr kuni Luvrda Leonardo da Vinchi vafotining 500 yilligi munosabati ko‘rgazma ochiladi. Unda italyan dahosining asarlari namoyish etiladi.

Shuningdek, Yevropa va Amerika institutlarining rasmlari, haykallari va qo‘lyozmalaridan tashkil topgan 120 ga yaqin asarlar ham ko‘rgazmadan joy olishi aytilmoqda.

Kiritildi: 22:46 10.10.2019. O'qildi: 1839 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!