Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

COP29 Sammiti: Ozarbayjon mintaqadagi asosiy diplomatik o‘yinchiga aylanib bormoqda

COP29 Sammiti: Ozarbayjon mintaqadagi asosiy diplomatik o‘yinchiga aylanib bormoqda

Sovet Ittifoqi parchalanishidan keyin xalqaro munosabatlar tizimiga integrasiyalashgan postsovet mamlakatlari mustaqillikni qo‘lga kiritganidan beri 30 yildan ortiq muddat bo‘ldiki, jahon davlatlarining manfaati bo‘lib kelgan. Mintaqani nazorat qilish orzusida omonsizkurash davom etgan bir sharoitda sobiq ittifoq davlatlari borki, ular mustaqil va muvozanatli siyosat yuritishga muvaffaq bo‘lgan va bu davlatlarning soni juda kam. Ular bu omonsiz kurashning qurboniga aylanmay, aksincha hozirgi geosiyosiy vaziyatlardan manfaat ko‘ra bildilar.

Bu davlatlardan biri va balki birinchisi Ozarbayjondir. Mustaqillikning dastlabki yillarida turli buzg‘unchilik ko‘rinishlarga qarshi kurash olib borgan Ozarbayjon hamda uzoq yillardirki qo‘shni Armanistonning og‘ir tajovuziga qarshi chidadi. Armaniston siyosiy va harbiy rahbarligining «Dengizdan dengizgacha buyuk Armaniston» va boshqa «shiorlarla» o‘z aholisining boshini qorishtirgan bir sharoitda iqtisodiy va harbiy qudratini oshirgan Ozarbayjon ko‘p o‘tmadiki, Janubiy Kavkazning yetakchi, dunyoning esa nufuzli mamlakatiga aylandi.

Ikkinchi Qorabog‘ urushi va antiterror amaliyoti natijasida o‘z tuproqlarini ishg‘oldan ozod qilgan Ozarbayjon bu kun mintaqada asosiy diplomatik o‘yinchilardan biridir. Tasodif emaski, bir qancha qo‘shni davlatlar bilan birga, uzoq mintaqalardan bo‘lgan davlatlar ham diplomatik siyosatda «Ozarbayjon modeli»dan foydalanishga ustunlik bermoqdalar. Bu model jahon kuchlari orasidagi ziddiyatlarda ishtirok etmaslik, milliy manfaatlar ta’minlangan holda tashqi siyosat yuritishni o‘z ichiga qamrab oladi.

Qo‘shilmaslik Harakatiga rahbarlik davrida Ozarbayjon turli mamlakatlar o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajardi va munosabatlarning yuksalishiga o‘zining alohida hissasini qo‘shdi. G‘arb va Sharq davlatlari bilan birga, qo‘shni Rossiya va Eron bilan ham munosabatlarni to‘g‘ri tartiblashtirishga qodir. Bu esa o‘z navbatida mamlakat ichkarisidagi barqarorlikning asosiy kafolatidir. Prezident Ilhom Aliyev tomonidan amalga mantiqiy, pragmatik, izchil, oqilona va ko‘p qirrali boshqaruv falsafasi Ozarbayjonni ham xalqaro tadbirlarning markaziga aylantirdi. Jahon miqyosidagi xalqaro tadbirlarning poytaxt Bokuda va boshqa shaharlarda muvaffaqiyatli o‘tkazilishi buning yaqqol tasdig‘idir.

Ozarbayjon yana bir mo‘’tabar xalqaro tadbirga mezbonlik qilmoqda. Bu Ozarbayjon tarixida miqyosiga ko‘ra eng muhim xalqaro tadbir deb ham nomlanishi mumkin. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim O‘zgarishi bo‘yicha hadli Konvensiyasining 29-sammiti global iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda alohida ahamiyatga molikdir. Bu konferensiyada xalqaro miqyosda iqlim inqirozining oldini olish uchun yangi strategiyalar va tadbirlar rejalashtiradi, shuningdek mavjud kelishuvlarning ijrosi muzokara qilinadi. Ozarbayjon bu tadbirda muhim rol o‘ynadi. O‘lka so‘nggi yillarda iqlim o‘zgarishi bo‘yicha olib borilgan global kurashga o‘z hissasini qo‘shishi bilan birga, ekologik loyihalari bilan ham e’tiborni o‘ziga qaratmoqda.

Neft va gaz resurslariga boy bo‘lgan davlat sifatida tanilsa ham, so‘nggi davrlar Ozarbayjonda qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish va ekologik barqarorlikni ta’minlash uchun muhim qadamlarni tashladi. Mamlakatning iqlim strategiyasi doirasida asosiym aqsadlardan biri uglerod izini kamaytirish va 2030 yilgacha energiya ishlab chiqarishda qayta tiklanadigan energiya manbalarining ulushini oshirishdan iboratdir. Yashil energitika sohasiga investisiya, shamol va quyosh energiyasi ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan investisiyalar shu turga kiradi. Kaspiy dengizida shamol energiyasi potensialidan foydalanish bilan bog‘liq loyihalar energetika sektorida yangi sahifalar ochmoqda.

Parij iqlim kelishuviga qo‘shilgan va kelgusidagi 6 yil mobaynida issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish maqsadlarini o‘z oldiga qo‘ygan Ozarbayjon bu borada bir qator infratuzilma loyihalarini amalga oshirmoqda.

Shuningdek, chiqindilarni boshqarish va suv manbalarini muhofaza qilinishi bilan bog‘liq katta tadbirlar qilmoqda.

Davlatning «Iqlim o‘zgarishiga moslashish milliy strategiyasi» doirasida ekotizimlarning muhofaza qilinishi va o‘rmon qoplamini kengaytirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishiga moslashish siyosati ustuvor mavzulardan biri sanaladi. Navbatdagi bu COP sammiti yetakchi Janubiy Kavkaz o‘lkasi uchun xalqaro maydonda ekologik siyosatini taqdim etmoq va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashdagi muvaffaqiyatlarini namoyish ettirish uchun muhim va strategik bir platformadir.

O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim O‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida faol ishtiroki va janob Prezident Shavkat Mirziyoyevning sammitda shaxsan o‘zi ishtirok etishi o‘lkaning iqlim o‘zgarishi va yashil energiyaga o‘tishda qaratgan yuksak e’tiborini namoyon etadi. Bu O‘zbekistonning ekologik masalalarga qaratayotgan ahamiyatining yana bir bor isbotidir.

Safar doirasida janob Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan birga ishtirokida Xonkandida iqtisodiy yuksalishning tashviqoti va ikki o‘lka orasida hamkorlikning mustahkamlanishi nuqtai nazaridan ahamiyat kasb etadi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning ochilishda shaxsan ishtirok etishi hamda O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarining porloq kelajagidan xabar beradi. Bu tadbir ikki o‘lka orasida strategik hamkorlikning kuchaytirilishi va o‘zaro loyihalarning amalga oshirilishida muhim qadam sifatida baholanadi.

Ozarbayjon mintaqaviy miqyosda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda yetakchi o‘lkalardan biri sifatida harakat qilishga tayyorlanmoqda. Xususan, Kavkaz va O‘rta Osiyo energiya almashinuvini qo‘llab-quvvatlaydigan loyihalar Ozarbayjonni ekologik yetakchilik bo‘yicha nomzod qiladi. Shuningdek, bu tadbir bilan Ozarbayjon qayta tiklanadigan energiya sohasida yangi xalqaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatishni maqsad qilib qo‘ymoqda. Yevropa va Osiyo o‘lkalari bilan energiya tranziti va ekologik loyihalar bo‘yicha hamkorlik qilish bu yo‘nalishda muhim rol o‘ynaydi. Yashil diplomatiyaga o‘tish, COP tadbirlari Ozarbayjon uchun faqat ekologik siyosat emas, geosiyosiy jihatdan ham muhim ahamiyatga molikdir. COP29 sammiti Ozarbayjonga yangi ekologik yondashuvlarni ilgari surish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda faolroq pozisiyani namoyish qilish uchun imkoniyatlar yaratadi.

Mikail Mirzazoda

Kiritildi: 17:57 21.11.2024. O'qildi: 351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!