Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

COP29'da 14 ta asosiy tashabbus ilgari suriladi

COP29'da 14 ta asosiy tashabbus ilgari suriladi

Global iqlim o‘zgarishi butun dunyo mamlakatlarini jiddiy tashvishga solmoqda. Dunyo global iqlim inqirozi, tengsizlik va urushlar tufayli yuzaga kelgan fojialar bilan yuzma-yuz kelmoqda. Shu bois ham har yili BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi ishtirokchilari konferensiyasi turli shaharlarda tadbirlar o‘tkazib, global tashabbuslarni muhokama qiladi va muhim qarorlar qabul qiladi.

Barqaror kelajakni ta’minlash uchun Ozarbayjon poytaxti Bokuda COP29 tadbirlari tashkil etiladi. Dunyoning siyosiy yetakchilari, hukumat vakillari, olimlar, nodavlat tashkilotlar va boshqa manfaatdor tomonlarni birlashtiradigan COP29 xalqaro qarorlar qabul qiluvchi eng yirik tadbirlardan biri sifatida tarixga kiradi va Ozarbayjon unga mezbonlik qilish orqali iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha global harakatlarga o‘z hissasini qo‘shishga tayyorligini isbotlaydi. COP29 atrof-muhitga ta’sir qiluvchi ifloslanish, resurslarning kamayishi va biologik xilma-xillikning yo‘qolishiga qarshi kurashish, barqaror ishlab chiqarish va iste’mol modellarini yaratish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish, innovasiyalar va yangi biznes faolligini rag‘batlantirish imkonini beradi.

Endi jamoaviy majburiyatlarni haqiqiy harakatlarga aylantirish vaqti keldi. Albatta, Ozarbayjonning bunday nufuzli tadbirga mezbonlik qilishi uning xalqaro miqyosdagi mas’uliyatini oshiradi. Ozarbayjon COP29ni nafaqat tadbir, balki barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish imkoniyati sifatida ham qadrlaydi. Eslatib o‘tamiz, Parij kelishuvi 2015 yilda bo‘lib o‘tgan COP21'da qabul qilingan bo‘lib, ushbu hujjat 171 davlat tomonidan imzolangan. Ozarbayjon ushbu hujjatga 2016 yilda qo‘shilgan. COP chora-tadbirlarining asosiy maqsadi karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish va sanoatdan oldingi 1,5 ° C darajasiga erishishdir. COP29 ushbu jarayonni tezlashtirish va Parij kelishuvi talablariga javob beradigan muhim qadam deb hisoblanadi.

COPning Boku konferensiyasida Ozarbayjon iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda an’anaviy energiya bilan bir qatorda «yashil energiya» salohiyatidan foydalanishni dunyoga taqdim etadi. Ozarbayjon 2030 yilga borib elektr energiyasi ishlab chiqarishda qayta tiklanadigan energiya manbalarining ulushini 30 foizga yetkazishni, karbonat angidrid chiqindilarini 1990 yil o‘rtalariga nisbatan 40 foizga kamaytirishni va xavfli ta’sirlardan himoyalanish uchun jahon olimlari tomonidan global isishni belgilangan darajaga tushirishni maqsad qilgan. Global isishni 1,5°C darajagacha cheklash bo‘yicha o‘z majburiyatimizni bajarishimizni ta’minlash barchamiz uchun ma’naviy mas’uliyatdir. Ozarbayjon shamol va quyosh energiyasining boy salohiyatidan foydalanib, yashil energiyaga o‘tish bo‘yicha yetakchi davlatlardan biriga aylanadi. Mamlakatning iqtisodiy salohiyati quruqlikda 3 GVt va dengizda 157 GVt shamol energetikasi texnik salohiyati hisoblangan. Bu salohiyatni ro‘yobga chiqarish uchun ACWA Power va Masdar kabi xalqaro investorlar bilan qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.

Bizning maqsadimiz nafaqat milliy, balki global miqyosda yangi yondashuvlar va innovasion yechimlarni taklif qilishdir. Ozarbayjon «Yashil dunyo uchun birdamlik yili» da’vatidan kelib chiqib, o‘z majburiyatlari va ma’naviy mas’uliyatini ado etish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarini kuchaytirmoqda. Yangi Kollektiv miqdoriy maqsadga erishish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashni moliyalashtirish uchun yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi mamlakatlar va kompaniyalar tomonidan ixtiyoriy ravishda qo‘llab-quvvatlanishi kutilayotgan Iqlimni moliyalashtirish bo‘yicha harakat fondini yaratish COP29 Harakat dasturining muhim tashabbuslaridan biridir. COP29'ning asosiy tashabbusi global tinchlikka chaqiruv va birgalikda o‘t ochishni to‘xtatishdir.

Bokuning COP29 rejasi bir-birini qo‘llab-quvvatlovchi ikkita yo‘lga asoslangan. Ambisiyani oshirish va harakatni kuchaytirish.

Kelajak sammitida qabul qilinadigan va tinchlik va xavfsizlik, yangi texnologiyalar va kelajakning moliyaviy arxitekturasi kabi unsurlarni o‘z ichiga olgan yakuniy hujjat dunyomizda ijobiy o‘zgarishlarga olib keladi. Keyingi prezidentlik muddati davomida Ozarbayjon COP29ni shaffof va xolis amalga oshirish tarafdori. Mamlakatimiz iqlimni moliyalashtirishni ko‘paytirish bo‘yicha o‘z ambisiyalari va sa’y-harakatlarini kuchaytirishda davom etadi.

Yuqoridagilarning barchasini hisobga olgan holda, Ozarbayjonning COP29'ga raisligi davrida 14 ta asosiy tashabbus ilgari suriladi. Bu tashabbuslar Ozarbayjonning tinchlik yo‘lidagi pozisiyasi va maqsadini ifodalovchi quyidagilardir:

1. Climate Finance Action Fund - mineral (qazib olinadigan) yoqilg‘ilarni ishlab chiqaruvchi mamlakatlar va kompaniyalarning ixtiyoriy xayriyalari hisobiga fond yaratish.

2. Iqlim bo‘yicha moliya, investisiyalar va savdo dialogi bo‘yicha Baku tashabbusi - «BICFIT Dialogue».

3. Savdo va ko‘nikmalar uchun Just Transition Investment Partnorship (JTIP).

4. Yashil energiya bo‘yicha majburiyatlar - Vazirlar darajasidagi ushbu majburiyatlarni imzolagan davlatlar yashil energiya yo‘laklari, zonalari va tarmoqlarini yaratish majburiyatini oladilar.

5. Yashil energiya bo‘yicha majburiyat.

6. Toza vodorod tashabbusi.

7. O‘t ochishni to‘xtatishga chaqirish COP - Iqlim mojarolarini hal qilish uchun barcha siyosiy e’tibor va diplomatik sa’y-harakatlarni safarbar qilish.

8. Yashil dunyo uchun raqamli harakat yo‘li – AKT sohasida issiqxona gazlari emissiyasini raqamlashtirish va kamaytirish.

9. Iqlimga chidamli kelajak uchun inson kapitali, sog‘liq va ish joylariga sarmoya kiritish.

10. Iqlim barqarorligi uchun uyg‘unlik - Fermerlar, qishloqlar va qishloq jamoalarini mustahkamlash.

11. Boku suv va iqlim bo‘yicha dialog - iqlim o‘zgarishi va suv tizimlari bo‘yicha harakatlarni kuchaytirish.

12. Barqaror, iqlimga chidamli va sog‘lom shaharlar uchun ko‘p tarmoqli harakatlar hamkorligi (MAP).

13. Turizmda iqlim bo‘yicha global hamkorlik (GPECAT)

14. Organik chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha hamkorlik (ROW): metanni kamaytirish va tuproqni boyitish.

Ozarbayjon har doim xalqaro tinchlik, xavfsizlik va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, 2030 yilgacha Barqaror rivojlanish kun tartibini ilgari surishda yetakchi o‘rinni egallab kelgan.

Ko‘p tomonlamalik joriy etilayotgan bir paytda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqaro hamjihatlik va jamoaviy yechimga chaqirish yo‘lida qat’iy qadamlar tashlamoqda. Uning 2019-2023 yillarda Qo‘shilmaslik Harakatiga raisligi davrida xalqaro hamkorlikka qo‘shgan hissasi bunga misoldir. Ozarbayjon «Hech kimni ortda qoldirmang» da’vatidan kelib chiqib, 4 yil davomida vayron bo‘lgan hududlarimizni barpo etish va qayta tiklashdan tashqari 140 dan ortiq muhtoj davlatlarga yordam ko‘rsatib, Ozarbayjon tanlagan siyosiy yo‘l - tenglik tamoyilini ko‘rsatib kelmoqda.

COP29 davomida Ozarbayjon rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida ko‘prik yaratish va konsensusga erishish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshiradi.

Mehribon Valiyeva, Ozarbayjon Milliy Majlis deputati

Kiritildi: 10:22 23.10.2024. O'qildi: 528 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!