Telekanal bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligidagi manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Muzokaralarda Qora dengizdagi kemalar xavfsizligi masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda. Biroq Ukraina ham, Rossiya ham uchrashuv haqidagi xabarni rasman tasdiqlagani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistonida AQSh vositachiligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda Qora dengizda o‘t ochishni to‘xtatish masalasi muhokama qilingan edi. Moskva AQSh va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va o‘g‘itlari eksportiga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilsa, bunga rozi bo‘lishini ma’lum qilgan edi.