Bugun 19 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Cloudflare xizmatida global uzilish tufayli X, ChatGPT va Spotify ishlamay qoldi

 Cloudflare xizmatida global uzilish tufayli X, ChatGPT va Spotify ishlamay qoldi

Xabarlarga ko‘ra, eng yirik hosting provayderlaridan biri bo‘lgan Cloudflare uzilishlarga duch keldi. Foydalanuvchilar Spotify va Yandex Music musiqa striming xizmatlari, X ijtimoiy tarmog‘i, Amazon veb-resurslari va Open AI'ning sun’iy intellekt xizmatlari, shu jumladan, ChatGPT bilan bog‘liq muammolar haqida xabar berishmoqda.

Uzilishdan biroz oldin, Cloudflare barcha veb-trafikning taxminan 20 foizini boshqaradigan kompaniya Santyagodagi ma’lumotlar markazida rejali texnik ishlar amalga oshirishi haqida ogohlantirgan edi.

Foydalanuvchilarning shikoyatlaridan so‘ng, Cloudflare bu muammodan xabardor ekanligini va texnik muammolarni hal qilish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 19:27 18.11.2025. O'qildi: 315 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!