Liberal-demokratik partiya (LDP) yetakchisi parlament quyi palatasida o‘tkazilgan ovoz berishning ikkinchi bosqichda eng ko‘p ovoz to‘pladi. 67 yoshli siyosatchi nomzodini 221 deputat qo‘llab-quvvatladi.
Yaponiyaning o‘sha paytdagi bosh vaziri Fumio Kisida 2024 yil avgustidagi bayonotida LDP yetakchiligi uchun sentyabrdagi saylovda ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ymasligini e’lon qildi. Bungacha LDPning ayrim a’zolari partiya pullarini o‘zlashtirishi bilan bog‘liq mojaro kelib chiqqandi. Partiya yetakchiligi uchun 2024 yil 27 sentyabrda o‘tgan saylovda Isiba g‘alaba qozongan va 1 oktyabrda Yaponiya parlamenti uni mamlakat bosh vazirligiga saylagan edi.