Isroil strategik rejalashtirish vaziri Ron Dermer Rossiyaga yashirin tashrif buyurdi . Bu haqda Isroil televideniyesining 12-kanaliga tayanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Isroildagi yuqori martabali rasmiylarga ko‘ra, Dermerning tashrifidan maqsad Livan bilan mojaroni Rossiya vositachiligida hal etish bo‘yicha muzokaralar olib borish bo‘lgan. U o‘tgan hafta Moskvaga tashrif buyurdi .