Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Cho‘chqa yungidan tayyorlangan cho‘tka bilan bo‘yalgan eshikni qanday poklash mumkin?

A A A
Cho‘chqa yungidan tayyorlangan cho‘tka bilan bo‘yalgan eshikni qanday poklash mumkin?

Savol

Assalomu alaykum! Cho‘chqa yungidan tayyorlangan cho‘tka bilan ancha vaqt oldin bo‘yalgan va bo‘yog‘i qurib bo‘lgan pol, eshik, devor va hokazolarni qanday poklash mumkin?


Javob

Cho‘chqaning tukidan tayyorlanadigan cho‘tkalar xususida mazhablar o‘rtasida ixtilof bor. Bizning hanafiy mazhabga ko‘ra, undan zarurat bo‘lganda foydalanish mumkin. Molikiylar cho‘chqaning tuki mutlaq halol deyishadi. Chunki, ularga ko‘ra, uning tukida hayot bo‘lmaydi. Joni yo‘q narsaga undagi haromlik hukmi o‘tmaydi.

Aytganlarimizga ko‘ra, sizdagi holatda u joylarni poklash shart emas. Ammo yana shunday cho‘tkalarni ishlatmaganingiz yaxshi.

Vallohu a’lam.

Mubashshir Ahmad

Manba: azon.uz

Kiritildi: 11:45 19.08.2019. O'qildi: 3661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!