Roma klubining yosh futbolchisi Nikolo Dzanyolo instagramga joylagan surati tufayli onasidan norozi bo‘ldi. U onasiga tanbeh berdi.
41 yoshli Francheska Kosta instagramda 173 mingta muxlis to‘plagan va selfilarini joylab boradi. Tashqi ko‘rinishi chiroyli bu ayolning navbatdagi selfisi esa o‘g‘liga yoqmadi.
Bu ishingizni to‘xtating, ona. Suratni olib tashlang. Shu yoshingizda shu ish yarashadimi? Axir 40 yoshdan o‘tdingiz , deya munosabat bildirdi Dzanyolo.