Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Chiroqchida Damasda 17 nafar bola xavfsizlik qoidalariga xilof ravishda tashilgani aniqlandi

Chiroqchida Damasda 17 nafar bola xavfsizlik qoidalariga xilof ravishda tashilgani aniqlandi

Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida Damas rusumli avtomobil YPX xodimi tomonidan to‘xtatilib, tekshirilganda ichida voyaga yetmagan 17 nafar bola xavfsizlik qoidalariga zid ravishda tashilayotgani aniqlandi.

«Bolalarni uyga olib borib qo‘ying, iltimos deyishgani uchun olib ketgandim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Hurmatli yurtdoshlar, ehtiyot bo‘linglar. Yo‘l harakati qoidalariga rioya eting», dedi haydovchi holatga izoh berarkan.

Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, 12 yoshga to‘lmagan bolalarni maxsus ushlab turuvchi qurilma o‘rnatilmagan transport vositasining old o‘rindig‘ida tashish taqiqlanadi. Shuningdek, tashilayotgan yo‘lovchilar soni transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘zda tutilgan miqdordan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Holat bo‘yicha haydovchiga nisbatan huquqiy chora ko‘rilgani ta’kidlanmoqda.

Kiritildi: 18:31 31.05.2025. O'qildi: 419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!