Bugun 20 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Chirchiqda itlar otib o‘ldirilayotgani rad etildi

Chirchiqda itlar otib o‘ldirilayotgani rad etildi

Toshkent viloyati IIBB “Viloyatda itlarni ommaviy otishmoqda” mazmunida ko‘plab yolg‘on xabarlar tarqatilayotganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Piskent tumanida itlarni ov quroli bilan otgan shaxslarning videosi internetda katta shov-shuv ko‘targani ortidan ayrim norasmiy Telegram kanallar viloyat bo‘ylab boshqa shahar-tumanlardan ham shu mazmundagi xabarlarni ommaviy tarqatishga kirishdi.

Xususan, Chirchiq shahrida ham itlar otilayotgani haqida xabar tarqatilgan. Viloyat IIBB buni rad etib, yolg‘on axborot tarqatish javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatdi.

Toshkent viloyatining Piskent tumanida noma’lum shaxslar ov miltig‘ida itlarni otayotgani aks etgan videoni “Mehr va oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati e’lon qilgandi. Jamiyatga fuqaro E.Z.dan u istiqomat qiladigan shaharchada itlar otilgani, natijada E.Z.ning bir iti o‘lgani, ikkinchisi og‘ir ahvolda veterinar klinikada ekani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Guvohning so‘zlariga ko‘ra, itlarni otishga kelganlar orasida ichki ishlar, hayvonlarni tutish bo‘linmasi xodimlari va ovchilar bo‘lgan.

Viloyati IIBB matbuot xizmati mazkur holat nazoratga olinganini, voqeada ishtirok etgan fuqarolarda bo‘lgan ov qurollari tegishli tartibda olib qo‘yilganini bildirdi. Hozirda holat yuzasidan hududiy IIB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirib, sudga yuborish chorasi ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 11:07 19.11.2024. O'qildi: 389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!