Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Chirchiqda 58 yoshli erkakni urgan maktab o‘quvchilariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

A A A
Chirchiqda 58 yoshli erkakni urgan maktab o‘quvchilariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Avvalroq Toshkent viloyati Chirchiq shahrida ikki nafar maktab yoshidagi bola 50-60 yosh orasidagi erkak kishini haqorat qilib, urganligi haqida xabar bergan edik.

Viloyat IIBB holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, maktab o‘quvchilari tomonidan bezorilik sodir etgan holati yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi «B» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shaxslar O‘zbekiston Respublikasi JPKning 227-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 05:30 26.05.2022. O'qildi: 3882 marta. Fikrlar soni: 11 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!