Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

“Chirchiq” daryosi o‘zanidan ruxsatnomasiz qum-shag‘al olish natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 1,9 trln so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi

“Chirchiq” daryosi o‘zanidan ruxsatnomasiz qum-shag‘al olish natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 1,9 trln so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahri boshqarmasi va Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda "B.I." MCHJ mas’ul shaxslari Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududidan oqib o‘tuvchi “Chirchiq” daryosi o‘zanidan maxsus texnikalar yordamida tegishli ruxsatnoma olmasdan 101,2 ming m3 noruda foydali qazilma hisoblangan qum-shag‘al xom ashyosini qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,9 trln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 18:52 04.08.2026. O'qildi: 1499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!