Toshkent shahri va Toshkent viloyatida atmosfera havosini muhofaza qilish, zararli moddalar chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaslik va aholi salomatligini asrash maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ekologiya, prokuratura va ichki ishlar organlari tomonidan idoralararo hamkorlikda tungi nazorat va reydlar muntazam o‘tkazilmoqda.
Shunday tadbirlardan birida Toshkent viloyati Niyozboshi qishlog‘ida ayrim xususiy korxonalarda qurilish materiallari ishlab chiqarish jarayonida chiqindilar, jumladan, polietilen moddalar yoqilgani aniqlandi. Bu atrof-muhitga zararli moddalar tarqalishi va mahalliy aholi salomatligiga xavf tug‘ilishiga sabab bo‘lgan.
Ishchi guruh tomonidan korxonalar faoliyati darhol to‘xtatildi. Hozirda tabiatga yetkazilgan zarar hisoblanmoqda va tekshirish natijalari asosida qonunchilikka muvofiq choralar qo‘llanadi.
Nazorat ishlari izchil davom ettiriladi.
Atmosfera havosini muhofaza qilishda faollik ko‘rsatgan fuqarolarga minnatdorchilik bildiramiz va barchani jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz.
Atmosfera havosining tozaligi — o‘zaro hamkorlik va birdamlik orqali ta’minlanadi.