Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Chinozda "Yangi piramida" yoxud "Yangi Ahmadboy" fosh bo‘ldi

Chinozda "Yangi piramida" yoxud "Yangi Ahmadboy" fosh bo‘ldi

2015-2016 yillarda yurtimizda chinozlik Ahmadboy ning dovrug‘i doston bo‘lgan edi. Xalq orasida Ahmadboy ning pulni ikki baravar qilib qaytarib berishi haqidagi xabar yashin tezligida tarqalgach, uning moliyaviy piramidasi o‘z atrofiga minglab fuqarolarni to‘plaganidan barchamiz xabardormiz.

O‘sha paytda juda ko‘pchilik fuqarolarimiz uning ko‘paytirish amali dan foyda olishga umid qilgan edi. Ammo odamlarning bu orzusi ushalmadi. Negaki, 2016 yilning yozida Ahmadboy nomi bilan tanilgan chinozlik moliyaviy piramida asoschisi Ahmadjon Tursunboyevning noqonuniy faoliyati fosh etilgan edi.

Joriy yilning 4 aprel kuni esa jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tuman sudi binosida sudlanuvchilar Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga (sudlanuvchilarning umumiy soni 16) nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud bo‘lib o‘tdi.

Hali Ahmadboy ishi yakuniga yetmay turib, jinoyatga jazo muqarrar ekani kundek ravshan bo‘lib turgan bir vaqtda Chinozda Yangi Ahmadboy paydo bo‘ldi. U kim, nega yangi Ahmadboy dersiz? Quyida uning qilmishlarini Huquq nashrida bayon qilindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Chinoz tuman bo‘limi tomonidan yana bir moliyaviy piramida tashkil etgan shaxs qo‘lga olindi. Bosit Xo‘jayev (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) ham pul topishning oson va noqonuniy yo‘lini tanlab, fuqarolarning ishonchiga kiradi.

U Ahmadboy ssenariysi asosida fuqarolardan pul, avtomashina, qoramol va boshqa qimmatli buyumlarni ikki barobar qilib qaytarish evaziga qabul qilib olaveradi. Vaqt o‘tgani sayin uning mijoz lari ham ko‘ payib boraveradi. Aynan shuning hisobiga B.Xo‘jayevning faoliyati kengayaveradi.

Ishni shu tariqa davom ettirgan Ahmadboyning izdoshi qisqa vaqt ichida 3 milliard 42 million 302 ming so‘m pul yig‘ishga erishadi. Mazkur mablag‘larni legallashtirish maqsadida dast lab Samara Group mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil qiladi va bank dan hisob raqam ochib, jinoiy faoliyatdan olingan 402 million 472 ming so‘m mablag‘ni moliyaviy yordam sifatida kiritadi. Tashkil etilgan MCHJga 8 dona Neksiya rusumli avtomashina sotib oladi.

Yig‘ilgan mablag‘ning 248 million 996 ming so‘mini esa Elegant Stroy aksiyadorlik jamiyati tashkil qilib, uning nizom jamg‘armasini shakllantirish uchun bankdagi hisob raqamiga kiritadi. Mazkur mablag‘ hisobidan yana respublikamizda ishlab chiqarilgan 12 ta turli rusumdagi avtomobillarni xarid qiladi.

Qolganini nima qilgan deysizmi? Jamiyatlarga kiritilgan ulushlardan ortganiga o‘zi uchun turli ko‘chmas mulk ob’ektlari, ya’ni turli bo‘sh binolar, qum olish karyerlari xarid qiladi.

Surishtiruv jarayonida ma’lum bo‘lishicha, bu shaxsga pul berganlar soni salkam 350 nafarni tashkil etgan. B.Xo‘jayevga nisbatan firibgarlik, juda ko‘p miqdorda valyuta qimmatliklarini olish, o‘tkazish, noqonuniy tadbirkorlik, savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish, faoliyat bilan lisenziyasiz shug‘ullanish hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyatlarini qasddan sodir etish kabi ayblovlar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud hukmi bilan tegishli jazo tayinlandi.

Shu o‘rinda, aqli raso kishilarni bir savol o‘ylantirishi tabiiy. Nega odamlar xalq orasida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan Ahmadboy ishi dan xabardor bo‘lib turib ham, yana u kabi kimsalarning tegirmoniga suv quyishmoqda? Nega ular osongina bir so‘mni 2 so‘mga aylantiraman, deb boridan ham ayrilib qolishdan qo‘rqishmayapti?..

Kiritildi: 10:02 21.04.2019. O'qildi: 3716 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!